Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechadigan bo‘lajak bahsi haqida fikr bildirdi. Fransiyaning raqibi Angliya bo‘ladi, avvalroq fransuzlar yarim finalda Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Mbappe Fransiya bosh murabbiyi Didye Desham haqida iliq fikrlarni bildirdi.
«Didyening fransuz xalqi uchun qanchalik muhimligi borasida hech narsa o‘zgarmadi. Murabbiy sifatida ham, futbolchi sifatida ham u ajoyib tarix yozdi. Uning oldida yana bitta o‘yin qoldi. Biz u uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz, chunki u bunga loyiq. Shuningdek, muxlislarimiz ham bu turnirda g‘alaba va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishimizga loyiq», — deya Mbappedan iqtibos keltiradi Yahoo Sports.













