Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH–2026 finalida Argentina hujumchisi Lionel Messini qanday to‘xtatish rejalashtirilayotgani haqida gapirdi. 65 yoshli mutaxassis shu bilan birga yosh Messiga qarshi o‘yindan qiziq voqeani ham esladi.
«Men Messi bilan ilk bor "Sevilya" yoshlar jamoasini boshqargan paytimda to‘qnash kelganman. O‘shanda u juda yosh edi.
Avvaliga uni shaxsiy tarzda qo‘riqlashga qaror qildik. 70-daqiqaga kelib hisob 0:0 edi. Keyin Messiga biriktirilgan futbolchini almashtirdim. Oradan bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas Lionel darvozamizga to‘rtta gol urdi va biz mag‘lub bo‘ldik.
Jahon chempionati finalida esa biz Messiga shaxsiy qo‘riqchi biriktirmaymiz. Ular ham bizning futbolchilarga diqqat bilan e’tibor qaratishadi», — dedi de la Fuente matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi JCH–2026 doirasida o‘tkazgan yettita uchrashuvda 8 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.













