Xavi terma jamoani boshqarishni istashini tan oldi. 46 yoshli mutaxassis 2025/2026 yilgi mavsum yakunlangach, «Barselona»ni tark etganidan buyon ishsiz qolmoqda.
«Mening oilam bor. Klubda ishlaganimda, oilam uchun yetarlicha vaqtim qolmasdi, chunki kichkina farzandlarim bor. Ochig‘ini aytaman: terma jamoa bilan ishlash menga mos keladi. Men buni xohlayman. Murabbiy sifatida Yevropa chempionati, jahon chempionati, Afrika millatlari kubogi yoki Osiyo kubogida ishtirok etishni juda istardim», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Xavi o‘z murabbiylik faoliyati davomida hozirgacha faqat ikkita jamoa — «As-Sadd» va «Barselona»ni boshqargan.













