Futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yoshiga qaramay o‘z terma jamoasining muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynashda davom etmoqda. 39 yoshli hujumchi joriy turnirda bir qator asosiy statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Xususan, Messi musobaqa davomida raqiblar darvozasini 8 bor ishg‘ol etib, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib boryapti. Shuningdek, u «gol+pas» tizimida ham 12 ta natijali harakat bilan mutlaq birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Argentinalik yulduz hujumlarni tashkil qilish va raqib himoyasini yorib kirishda ham faollik ko‘rsatmoqda. Uning hisobida 25 ta muvaffaqiyatli aldab o‘tish (dribling) va jamoadoshlari uchun yaratilgan 19 ta xavfli uzatma mavjud. Bundan tashqari, Messi raqiblar darvozasiga jami 35 ta zarba yo‘llagan bo‘lib, bu borada ham turnirning eng yaxshi natijasini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining finalida Argentina terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.













