Kirish Ro'yxatdan o'tish

Savio «Manchester Siti»dan APLning boshqa klubiga o‘tmoqchi

Savio «Manchester Siti»dan APLning boshqa klubiga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning braziliyalik vingeri Savio jamoani tark etishni qat’iy maqsad qilgan. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi qishqi transfer oynasidayoq uni sotib olmoqchi bo‘lgan Londonning «Tottenxem» klubiga o‘tishga tayyor. Biroq «shaharliklar» o‘rniga munosib o‘rinbosar topmaguncha Savioni qo‘yib yubormoqchi emaslar.

O‘tgan mavsumda 22 yoshli vinger barcha turnirlarni hisobga olganda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Savinyoning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:35, 18.07.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик