Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Foden faoliyatini A Seriyaning top-klubida davom ettirishi mumkin

Foden faoliyatini A Seriyaning top-klubida davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden Italiyaning «Milan» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda SportMediaset xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Milan» 26 yoshli futbolchining transferini ko‘rib chiqmoqda. Klub agar Rafael Leauni sotib yuborsa, yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Fodenning xizmatlari bir nechta klubga taklif qilingan, chunki futbolchi «Manchester Siti» bilan tuzgan shartnomasining so‘nggi yiliga qadam qo‘ygan.

O‘tgan mavsumda Foden barcha turnirlarni hisobga olganda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt mutaxassislari ingliz futbolchisini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:15, 18.07.2026.
O'qildi: 1517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик