Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

FIFA tomonidan “Andijon” klubiga qo‘yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

FIFA tomonidan “Andijon” klubiga qo‘yilgan transfer taqiqi olib tashlandi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi ishtirokchisi “Andijon” klubi rasmiy bayonot bilan chiqib, jamoaga qo‘yilgan transfer taqiqi bekor qilinganini ma’lum qildi.

So‘nggi vaqtlarda klubning sobiq legioneri Altin Kreziu bilan bog‘liq moliyaviy muammo sababli FIFA tomonidan transfer taqiqi joriy etilgan va bu holat andijonlik muxlislar o‘rtasida xavotirlarga sabab bo‘lgan edi.

“Andijon” matbuot xizmatining xabar berishicha, klub rahbariyatining sa’y-harakatlari natijasida mazkur qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgan. Shundan so‘ng FIFA tomonidan jamoaga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar rasman olib tashlangan.

Ma’lumot uchun, transfer taqiqining bekor qilinishi “Andijon” klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tarkibni kuchaytirish imkonini beradi.

Kiritildi: 17:47, 18.07.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик