Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares o‘z klubidan norozi. «Matraschilar» argentinalik futbolchi bo‘yicha transfer muzokaralarini olib borishdan qat’iyan bosh tortishmoqda, garchi fevral oyidayoq unga takliflarni ko‘rib chiqishni va’da qilishgan bo‘lsa ham. Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Jahon chempionati yakunlangach, Alvares madridliklar rahbariyatiga bosim o‘tkazish maqsadida ketish istagi haqida yana bir bor ommaviy bayonot bilan chiqishi mumkin.
Xulian Alvaresga «Barselona» da’vogarlik qilmoqda, shuningdek, Londonning «Arsenal» klubi ham unga qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar 26 yoshli hujumchi uchun taxminan 100 million yevro taklif qilishgan, ammo «Atletiko» bunga javob berish niyatida emasdek ko‘rinadi.
Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, unda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bellashadi.













