Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

O‘rtoqlik uchrashuvi: «Manchester Yunayted» «Reksxem»ga mag‘lub bo‘ldi

O‘rtoqlik uchrashuvi: «Manchester Yunayted» «Reksxem»ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» 2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Shanba kuni Maykl Kerrik jamoasi «Reksxem»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin Xelsinkidagi (Finlyandiya) Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tdi.

Tabiiyki, «Manchester Yunayted» yaqqol favorit hisoblanardi, ammo g‘alaba «Reksxem»ga nasib etdi. Yagona gol muallifi birinchi bo‘lim so‘ngida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan Sem Smit bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumda Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egallagan edi. «Reksxem» esa o‘z navbatida Chempionshipda yettinchi o‘rinda mavsumni yakunladi.

APL yangi mavsumidagi birinchi o‘yinini «Manchester Yunayted» 22 avgust kuni safarda «Xall Siti»ga qarshi o‘tkazadi.

«MANCHESTER YUNAYTED» — «REKSXEM» — 0:1

Gol: Sem Smit 39’ (0:1).

«Manchester Yunayted»: Tom Xiton (Radek Vitek, 46), Eyden Xeven, Leni Yoro (Jeykob Devani, 46), Garri Maguayr (Garri Fiorentino, 46), Lyuk Shou (Deniyel Armer, 46), Andrey Santos (Tayler Fletcher, 47), Meyson Maunt (Shi Leysi, 47), Jek Fletcher, Brayan Mbeumo (Itan Uitli, 47), Patrik Dorgu (Deniyel Gor, 47), Joshua Zirkzee (Itan Uilyams, 47).

Zaxira: Chido Obi, Brendon Uilyams, Jim Tueyts, Garri Amass, Jeydan Kamason, Tobi Kolyer, Dermot Mi.

«Reksxem»: Artur Okvonko, Kris Doyl, Sem Smit, A. Jeyms, D. Skarr, Z. Vayner, N. Brodhed, L. O'Brayen, J. Tomason, A. Mur, B. Kadamarteri.

Zaxira: R. Ouen, Kris Mur, D. Edvards, T. Kleyton.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:36, 18.07.2026.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик