Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Chelsi» 137 million yevrolik transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Chelsi» 137 million yevrolik transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+2 | -

«Chelsi» shov-shuvli transfer bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. London jamoasi tarkibi yaqin vaqt ichida hujumkor yarim himoyachi Morgan Rojers bilan boyiydi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «Aston Villa» «Chelsi»ning Rojers uchun qilgan 117 million funt (137,57 million yevro) miqdoridagi taklifini qabul qilgan.

23 yoshli Morgan Rojersning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi dushanba kuniga belgilangan. Agar barchasi rejadagidek o‘tsa, futbolchi 2031/2032 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan shartnoma imzolaydi.

Ta’kidlanishicha, Rodjers «Chelsi»da o‘ynashni juda istamoqda, chunki uni Xabi Alonso bilan ishlash imkoniyati va klubning loyihasi o‘ziga tortmoqda.

Kiritildi: 22:45, 18.07.2026.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик