Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Arsenal» «Barselona»ga Dyokeresh uchun so‘ralayotgan narxni ma’lum qildi

«Arsenal» «Barselona»ga Dyokeresh uchun so‘ralayotgan narxni ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

ElNacional.cat ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» shvesiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Kataloniya klubi transfer oynasi yopilgunga qadar hujumchining transferini rasmiylashtirmoqchi. «Kanonirlar» o‘z futbolchisini sotishga tayyor, «Arsenal» Dyokereshni sotishdan 60 million yevro ishlab olmoqchi.

Viktor Dyokeresh 2025 yilda «Sporting»dan «Arsenal»ga 67 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «kanonirlar» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi London klubi safida barcha turnirlarda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Dyokereshning narxini 65 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 23:06, 18.07.2026.
O'qildi: 1940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик