Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Rasman: «Ayntraxt» «Bavariya» yarim himoyachisini xarid qildi

Rasman: «Ayntraxt» «Bavariya» yarim himoyachisini xarid qildi

Baho:
+ | -

Markaziy yarim himoyachi Noel Aseko Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga o‘tdi. Bu haqda «burgutlar» matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Myunxenning «Bavariya»sidan sotib olingan nemis futbolchisi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, «Bavariya» 20 yoshli futbolchi uchun taxminan 12 million yevro ishlab oladi.

O‘tgan mavsumni Aseko ijara asosida «Gannover» safida o‘tkazdi. Germaniya ikkinchi divizioni klubi tarkibida yarim himoyachi barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Bundesliganing yangi mavsumi 28 avgust kuni boshlanadi.

Kiritildi: 01:06, 19.07.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик