Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Anvar G‘ofurov: «Behruz Karimov katta ehtimol bilan xorijga ketadi»

Anvar G‘ofurov: «Behruz Karimov katta ehtimol bilan xorijga ketadi»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Surxon» (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov ishtirok etdi.

— Oson o‘yin bo‘lmasligini bilgandik. Chunki murabbiylar o‘zgarganidan keyin «Andijon»da o‘sish bo‘ldi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Bizning o‘zimizga yarasha xos va mos o‘yinimiz bor. Shuni taklif qilishga harakat qilgandik, balki o‘yinning har epizodida o‘xshamagan bo‘lishi mumkin, lekin yaxshi taraflari ko‘p bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu – futbol. Xatosiz hech narsa bo‘lmaydi. Kimdir xato qiladi va kimdir bu vaziyatdan foydalanib ketadi.

— Jarohat olib maydonni erta tark etgan Davron Merganovning holati qanday?
— Ozgina miya chayqalishi bor. Chuqurroq tahlil qilinganidan keyin bir narsa desa bo‘ladi.

— Asosiy futbolchilar – Chinedu, Potapov, Ne’matxonov kabi futbolchilarning jamoani tark etishiga sabab nima bo‘ldi?
— Ular uchun men javob bera olmayman. Har bittasining o‘z fikri bor va qandaydir o‘z istaklari bo‘yicha jamoadan ketishdi. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish, kimdir moliyaviy tarafdan, hammada har xil, ulardan so‘rash kerak. Biz o‘z ishimizni davom ettiramiz. Bizda yosh futbolchilarimiz bor. Nima bo‘lishidan qat’i nazar «Surxon» bo‘ladi, futbolchi keladimi yoki ketadimi, buning farqi yo‘q. «Surxon» baribir faoliyatini davom ettiradi.

— Behruz Karimov qaydnomada ham yo‘q edi.
— Behruz Karimov jahon chempionatidan keyin bu yil uning uchun katta «nagruzka» bo‘ldi. Qishda umuman dam olgani yo‘q. O‘z yoshida terma jamoa bilan yig‘inda bo‘ldi. Keyin U20 termasiga chaqirishdi. So‘ngra U23 termasiga va undan keyin milliy jamoaga jalb qilishdi. Shu bois u umuman dam olgani yo‘q. Unga o‘zini tiklab olish uchun dam berildi. Katta ehtimol bilan xorijga ketadi. Bizning ishimiz jamoadagi bor o‘yinchilar bilan ishlash. Behruzga esa dam berilgan, men buni to‘g‘ri tushunaman. U ham odam, robot emas.

— Bir qator yosh futbolchilarni maydonga tushirdingiz. Ularning o‘yinlaridan xulosangiz qanday?
— Albatta, rejalar bor edi. Birinchi bo‘limda darvozabonimiz jarohat olganidan keyin rejalarga biroz o‘zgarishlar kiritildi. Yoshlar tushishdi, xursand bo‘lish kerak. Kimdadir debyut. Imkoniyatlar bormi, demak, u to‘g‘ri harakat qilyapti. Baribir baho berishga hali erta. Bugungi o‘yin uchun hammasi joyida, butun jamoa yaxshi harakat qildi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:54, 19.07.2026.
O'qildi: 2569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик