Milanning «Inter» klubi o‘z sardori Lautaro Martines bo‘yicha transfer talabini qayta ko‘rib chiqdi.
28 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasiga jahon chempionati finaliga chiqishda yordam berdi. U chorak finalda Shveysariyaga va yarim finalda Angliyaga qarshi o‘yinlarda bittadan gol urdi. Ta’kidlash joizki, «neradzurrilar» vakili har ikki holatda ham maydonga zaxiradan tushgan. La Gazzetta dello Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» mundialdagi muvaffaqiyatlaridan keyin futbolchi uchun kamida 120 million yevro talab qilishga haqli deb hisoblamoqda.
So‘nggi paytlarda Lautaro Martinesga «Barselona» tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, forvardning bozor qiymati 85 million yevroni tashkil etadi.
Bugun Argentina JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.













