Angliya milliy jamoasi hujumchisi Xarri Keyn 2026 yilgi jahon chempionatida «uch sherlar» ustozi Tomas Tuxelning faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu Tuxel faoliyatidagi birinchi shunday turnir. Jahon chempionatida u jamoa, safarlar, shuningdek, bosim haqida ko‘p narsani o‘rgandi», — deya yulduz hujumchining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Angliya terma jamoasi mundialda bronza medali sohibiga aylandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Tuxel shogirdlari Fransiya milliy jamoasi bilan to‘qnash keldi. Britaniyalik futbolchilar «uch ranglilar»ni sermahsul kechgan o‘yinda 6:4 hisobida mag‘lub etishdi.
Ispaniya — Argentina finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













