Kataloniyaning «Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Xavyer Maskerano 39 yoshli hujumchi Lionel Messining 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yin saviyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«MLSda futbol shiddatli, ammo ko‘pchilik bu chempionatni past baholaydi. O‘tgan mavsumda «Inter Mayami» 58 ta o‘yin o‘tkazdi. Leo shularning 90 foizida ishtirok etdi. U maydonda juda ko‘p daqiqalarni o‘tkazdi.
Messi bunga ataylab tayyorgarlik ko‘rgandi, u hammasini juda yaxshi tushunardi. Leo doimo futbol bilan yashagan va bu sport turining haqiqiy egasi bo‘lib qolmoqda. U angliyaliklarga qarshi kechgan yarim finalda aqlbovar qilmas darajada yaxshi o‘ynadi», — deya Maskeranoning so‘zlarini keltiradi Ole.
Mundialda Messi sakkizta gol urishga erishdi. Argentina 19 iyul kuni finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.













