Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionatida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyat va jamoaning yakuniy uchinchi o‘rini haqida fikr bildirdi.
«Ishonchni yo‘qotdik deb o‘ylamayman. Ishonchni yo‘qotdim deb o‘ylamayman. Argentinaga qarshi o‘sha 30 daqiqada yoki, ehtimol, ikkinchi bo‘limning 45 daqiqasida biz juda passiv bo‘lib qolgan bo‘lsak-da... Nima bo‘lishidan qat’i nazar, so‘nggi 10 daqiqada biz maqsadga yaqin edik. Ammo qaror qabul qilish – mening vazifam.
Biz juda raqobatbardoshmiz, shuning uchun uchinchi o‘rin bilan faxrlanishga deyarli yo‘l qo‘ymayapmiz, chunki o‘z oldimizga eng yuqori maqsadni qo‘ygan edik.
Biz o‘z oldimizga eng katta orzuni qo‘ygandik va unga intildik. Finalga chiqish va Jahon chempionatida g‘olib bo‘lish istagida juda ambisiyali edik. Shuning uchun hozir juda og‘riqli.
Bunday imkoniyatni boy berganingda, og‘riq bir muddat saqlanib qoladi. Kecha aytganimdek, chandiq qoladi. Yuqori darajadagi sport shunday», – dedi Tuxel.













