Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham nima sababdan hali 2025 yilning yanvaridayoq o‘z postini tark etishini e’lon qilganini tushuntirib berdi.
57 yoshli mutaxassis fransuzlar 4-o‘rinni egallagan JCH-2026 dan so‘ng terma jamoani tark etmoqda.
«Fransiya terma jamoasi har qanday narsadan ustun turadi. U menga tegishli emas. Men unga o‘n to‘rt yil davomida xizmat qildim. Hech narsa ushbu futbolkadan ustun bo‘la olmaydi.
Men bunga chek qo‘yilishi kerak deb qaror qildim. Va men bu qarorni qabul qilganimda — buni chin dildan aytyapman — o‘zim uchun emas, balki Fransiya jamoasining manfaati uchun qildim. Sizga ochig‘ini aytaman: bu qarorni o‘zim uchun qabul qilganim yo‘q. Atrofimdagi muhit shu qadar bo‘g‘uvchi bo‘lib qolgandiki, Fransiya jamoasi bunga loyiq emas.
Ushbu e’lon berilganidan beri Fransiya terma jamoasining ishlari ancha yaxshilandi. Men qarorni Jahon chempionatidan oldin yoki musobaqa paytida ham qabul qilishim mumkin edi, lekin bunday qilmaslikka qaror qildim, chunki jamoaga bo‘lgan hurmatim juda baland», – dedi Desham.













