Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Xulian Alvares — JCH-2026 chorak va yarim finallarining eng yaxshi goli muallifi

Xulian Alvares — JCH-2026 chorak va yarim finallarining eng yaxshi goli muallifi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresning Shveysariya darvozasiga kiritgan goli JCH-2026 chorak va yarim finallaridagi eng yaxshi gol deb topildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shveysariyaga qarshi kechgan chorak final bahsida Alvares jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qilgan edi. 112-daqiqada kiritilgan ushbu gol hisobni Argentina foydasiga 2:1 ko‘rinishiga keltirgan (keyinroq jamoa yana bir to‘p kiritib, yarim finalga chiqqan).

Eng yaxshi gol uchun ovoz berish muxlislar o‘rtasida o‘tkazildi. So‘rovnoma ishtirokchilarining 37,2 foizi Alvaresning goliga ovoz berdi. Ikkinchi o‘rinni Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Andreas Shelderupning Angliyaga qarshi chorak finaldagi goli (22,3%) egalladi. Uchinchi pog‘onadan esa Argentina yarim himoyachisi Enso Fernandesning Angliya bilan kechgan yarim finaldagi goli (18,2%) joy oldi.

Kiritildi: 17:40, 19.07.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик