Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabian Ruis milliy rekord o‘rnatdi. Futbol tarixida bunday natijaga faqat 10 nafar futbolchi erishgan

Fabian Ruis milliy rekord o‘rnatdi. Futbol tarixida bunday natijaga faqat 10 nafar futbolchi erishgan

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis bir mavsumning o‘zida ham jahon chempionati, ham UYEFA Chempionlar ligasi (Evropa chempionlar kubogi) finalida g‘alaba qozongan futbolchilar qatoriga qo‘shildi. Bu haqda Squawka statistik portali xabar berdi.

2026 yilda Ruis Fransiyaning «PSJ» klubi safida Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik Ispaniya terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionati g‘olibi ham bo‘ldi. U milliy jamoa qaydnomasida «PSJ»ning yagona vakili edi.

Jahon chempionati finalida Ispaniya Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Fabian Ruis asosiy tarkibda maydonga tushib, 62-daqiqada almashtirildi.

Bungacha futbol tarixida faqat to‘qqiz nafar futbolchi bir mavsumda ham Chempionlar ligasi, ham jahon chempionati finalida g‘alaba qozongan edi. Ular quyidagilar:

  • Frans Bekkenbauer;

  • Gerd Myuller;

  • Zepp Mayer;

  • Xans-Georg Shvarsenbek;

  • Paul Braytner;

  • Uli Xyoness;

  • Kristian Karambyo;

  • Rafael Varan;

  • Roberto Karlos.

Fabian Ruis ushbu ro‘yxatga kirgan o‘ninchi futbolchi bo‘ldi hamda bu natijaga erishgan ilk ispaniyalik sifatida milliy rekord o‘rnatdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:10, 20.07.2026.
O'qildi: 2638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик