Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati finali natijasiga munosabat bildirdi. «Qizil furiya» hujumchi Ferran Torresning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«Ispaniya jamoasi kuchliroq edi, ammo har ikkala terma jamoa ham turnirda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Ular hal qiluvchi o‘yingacha yetib kelishdi. Ispaniya ustunlik qilgandek taassurot qoldirdi, lekin uchrashuv keskin kurashlarga boy o‘tdi. Bu ajoyib final bo‘ldi», — deyiladi prezidentning so‘zlari Rapid Response 47 akkauntida.
Bu ispanlar uchun jahon chempionatlaridagi ikkinchi chempionligidir. Ular bundan oldin 2010 yilgi mundialda JARda g‘olib chiqqan edi.













