Angliya milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi Ispaniya va Argentina jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati – 2026 final o‘yini yakunlanganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ispaniya terma jamoasining aksariyat futbolchilari birgalikda ulg‘ayishgan va bitta tizimdan o‘tishgan. Ular Yevropa chempionlariga aylanishdi, endi esa jahon chempionatida ham g‘alaba qozonishdi. Bu ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan o‘ziga xos lahza», - dedi sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi BBC.
Finalda ispanlar terma jamoasi «albiseleste»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ekstra-taymda yagona golni hujumchi Ferran Torres urdi. «Qizil furiya» ikki karra jahon chempioniga aylandi.













