«Roma» «Vest Xem» vingeri Krisensio Sammervill uchun tovon pulini to‘lashga tayyor. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
«Vest Xem» APLdan tushib ketganidan keyin o‘z yetakchilaridan birini sotishni ko‘rib chiqishga majbur bo‘lgan edi. Futbolchining transferi deyarli shubha tug‘dirmayapti, biroq aniq tovon puli miqdori noma’lumligicha qolmoqda. Ingliz ommaviy axborot vositalari va Il Tempo uni 53 million yevroga baholamoqda, jurnalist Alfredo Pedulla esa summa 50 milliondan kam ekanini aytmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, sotib olish bandi faqat keyingi 2 kun davomida amal qiladi. Futbolchi allaqachon «Roma» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. 24 yoshli niderlandiyalikning maoshi bonuslarsiz mavsumiga taxminan 4 million yevroni tashkil qiladi. O‘tgan mavsumda Sammervill 34 ta o‘yinda 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













