Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Kevin Kigan 75 yoshida vafot etdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Angliya terma jamoasining sobiq forvardi Kevin Kigan 75 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

«Kevin Kiganning 75 yoshida vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz. Kevin saraton xastaligi bilan kurashayotgan edi va hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida rafiqasi hamda qizlari bo‘lishdi. Ikki karra «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Kevin sevikli turmush o‘rtoq, ota va bobo edi. Oila Kevinning ajoyib tibbiy jamoasiga ko‘rsatilgan barcha yordam uchun minnatdorchilik bildiradi. Bu juda og‘ir damlardir va biz shunday paytda shaxsiy hayotimizga va sukunatimizga hurmat bilan qarashingizni so‘raymiz», — deya Kigan oilasining murojaatini jurnalist Kit Dauni X ijtimoiy tarmog‘ida keltirmoqda.

«Liverpul» bilan Kevin Kigan uch marta Angliya chempioni bo‘lgan, mamlakat Kubogini va ikki marta milliy Superkubokni qo‘lga kiritgan. Mersisaydliklar bilan xalqaro maydonda futbolchi Chempionlar kubogi va UEFA Kubogini (ikki marta) yutib olgan. «Gamburg» bilan esa Kigan Germaniya chempionati va Kubogida zafar quchgan.

Kiritildi: 20:17, 20.07.2026.
O'qildi: 1207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик