Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan Milanning «Inter» klubi tarkibidagi bo‘lajak 2026/27 yilgi mavsum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men o‘zimning eng yaxshi talqinimga (versiyamga) aylanmoqchiman. O‘tgan mavsumdagidan ko‘ra muvaffaqiyatliroq o‘yin ko‘rsatishni xohlayman. Yoshim o‘z so‘zini aytmoqda, ammo men hali ham jamoaga yordam berishga tayyorman. «Inter» qo‘yilgan maqsadlariga erishishi uchun mehnat qilishda davom etaman», — deya yarim himoyachining so‘zlarini La Gazzetta dello Sport keltirmoqda.
Italiya A Seriyasining o‘tgan o‘yinida Mxitaryan 30 ta bahsda maydonga tushdi. Yarim himoyachi to‘rtta urilgan gol va bitta golli uzatma bilan ajralib turdi.
«Inter» o‘tgan mavsumda Italiya chempioni va kubogi sohibiga aylangan edi.













