Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Santush Bernardu Silvaning «Real»dagi muvaffaqiyatiga ishonadi

Santush Bernardu Silvaning «Real»dagi muvaffaqiyatiga ishonadi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush «Real»ning yangi a’zosi Bernardu Silva jamoa yetakchilaridan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

«Uning futbolchi sifatida qanchalik iqtidorli ekanini hamma biladi. Bernardu futbolni dunyodagi juda kam sonli o‘yinchilar tushuna oladigan darajada anglaydi. Inson sifatida esa u bundan kam emas — e’tiborli, odobli va hamisha yordamga tayyor.

Ishonchim komilki, «Real» muxlislari Bernardu Silvani yaxshi ko‘rib qolishadi. U ularni ranjitmaydi va bildirilgan ishonchni oqlaydi. U ajoyib o‘yinchi va buni Madridda albatta isbotlaydi», — dedi Santush Diario AS nashriga bergan intervyusida.

So‘nggi 9 yil davomida Bernardu Silva «Manchester Siti» sharafini himoya qildi va klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Kiritildi: 16:00, 21.07.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик