Superliga 13-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Xorazm"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda 8-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Gol muallifi — Elzio Lohan. Mezbonlar safida Sardor Sobirxo‘jayev 18-daqiqada muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 67-daqiqada Stefan Chinedu hal qiluvchi golni kiritdi.
"Sherlar" 30 ochko bilan 2-o‘rinda, "Xorazm" 13 ochko bilan 12-pog‘onada.
O‘zbekiston Superligasi. 13-tur
21.07.2026 | 20:00 «Paxtakor» stadioni, Toshkent
«PAXTAKOR» — «XORAZM» — 2:1
Bosh hakam: Doston Rahmonov
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Avaz Abdullayev
Zaxira hakami: Alisher To‘xtasinov
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Sherzod Rajabov
VAR: Asker Najafaliyev
AVAR: Dias Galeev
Gollar: Elzio Luan 8 (0:1), Sardor Sobirxo‘jayev 18 (1:1), Stefen Chinedu 67 (2:1).
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Zaid Tahsin, Hojiakbar Alijonov, Akmal Mozgovoy, Bashar Resan (Dilshod Saitov, 69), Sardor Sobirxo‘jayev (Ibrohim Ibrohimov, 82), Sherzod Nasrullayev, Flamarion Jovinyo (Abdurauf Bo‘riyev, 82), Muhammadrasul Abdumajidov, Oybek Bozorov (Hojimat Erkinov, 69), Stefen Chinedu (Rustam Turdimurodov, 76).
Zaxira: Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliyev, Dostonbek Hamdamov, Dilshod Abdullayev.
«Xorazm»: Nikola Stoshich, Abbosjon Otaxonov, Elzio Luan (Temurbek Ismoilov, 64), Diyorbek Ortiqboyev (Umidbek Sultonov, 80), Danil Nugumanov (Azizbek Pirmuhammadov, 64), Sunnatulloh Hamidjonov, Matia Rom, So‘hrob Izzatov, Ulug‘bek Hoshimov, Rustamjon Abduhamidov (Yanis Leri, 55; Azizjon Ahrorov, 80), Rafael Sabinyo.
Zaxira: Mashhurjon Muhammadjonov, Danila Yejov, Abror Xo‘sinov, Bubakar Traore.
Ogohlantirishlar: Diyorbek Ortiqboyev (32), Rafael Sabinyo (66), Abdurauf Bo‘riyev (87).













