Superliga 13-turida "Neftchi" Zominda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ldi va 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Jizzaxliklar 22-daqiqada Petar Michinning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan edi. Farg‘onaliklar bunga 5 ta gol bilan javob qaytardi - Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (30), Xurshid G‘iyosov (33), Stipe Perisa (36), Anvar G‘ofurov (55) va Jamshid Iskanderov (81) gollarga mualliflik qilishdi.
"Yo‘lbarslar" 34 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. "So‘g‘diyona" 12 ochko bilan 14-o‘rinda.
O‘zbekiston Superligasi. 13-tur
21.07.2026 | 20:00 «Zomin» stadioni, Zomin
«SO‘G‘DIYONA» — «NEFTCHI» — 1:5
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev
Yordamchi hakamlar: Islom Nosirov, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Ma’murjon Ilhomov
Nazoratchi: Marat Ismailov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Rinat Serazitdinov
Gollar: Petar Michin 22 (1:0), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 28 (1:1), Xurshid G‘iyosov 33 (1:2), Stipe Perisa 36 (1:3), Anvarjon G‘ofurov 54 (1:4), Jamshid Iskanderov 80 (1:5).
«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Igor Golban, Abdulazizxon Abdurashidov (Javohir Qahramonov, 46), Islomjon Qobilov (Behruz Jumatov, 70), Zoir Jo‘raboyev, Filip Ivanovich, Petar Michin (Zenan Zaymovich, 65), Ollabergan Karimov, Jamshid Boltaboyev (Nodirjon Soyibov, 46), Zabihillo O‘rinboyev (Sardorbek Hoshimov, 46), Lyupcho Doriyev.
Zaxira: Bayram Najafaliyev, Behruzbek Asqarov, Fazliddin Omonkeldiyev, Oybek Nurmatov.
«Neftchi»: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Muhsinjon Ubaydullayev, Anvarjon G‘ofurov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Alisher Odilov, 61), Asilbek Jumayev (Vladimir Yovovich, 61), Ikromjon Aliboyev (Ratinyo, 61), Jamshid Iskanderov, Yovan Jokich (Rustambek Fomin, 83), Stipe Perisa (Zoran Marushich, 73).
Zaxira: Akbar To‘rayev, Azizbek Murodov, Izzatillo Po‘latov, Nurbek Sarsenbayev.
Ogohlantirishlar: Abdulazizxon Abdurashidov (25), Lyupcho Doriyev (29), Ulug‘bek Baqoyev (29, murabbiy), Ikromjon Aliboyev (51), Islomjon Qobilov (67).













