Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Kamoliddin Tojiyev: "Oxirigacha kurashmasdan yutib bo‘lmaydi"

Kamoliddin Tojiyev: "Oxirigacha kurashmasdan yutib bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

"Xorazm" bilan bellashuvdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, uchrashuv boshidayoq o‘tkazib yuborilgan gol baribir ozgina ruhiy ta’sir ko‘rsatdi. Keyin o‘zimizga keldik, gol urdik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Ikkinchi golni ham kiritdik va yana ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Endi, bu – futbol. Har o‘yinda shunday kurashmasak, g‘alaba qozona olmaymiz. Bugun barcha yigitlar kurashib, oxirigacha o‘ynab, juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ularning barchasiga rahmat aytaman.

O‘tgan uchrashuvda ham 1:0 dan keyin himoyaga o‘tib olgandik. Hozir buning ustida ishlayapmiz, yigitlar bilan gaplashyapmiz. Balki, bu ozgina ruhiy holat bilan bog‘liqdir. Xudo xohlasa, bu kamchilikni bartaraf etamiz. Biz ularga "orqaga yotib olinglar", demayapmiz, balki ular ham gol o‘tkazib yuborishdan qo‘rqishyaptimi, bilmadim. Lekin bu jihat ustida ishlayapmiz, chunki ko‘p o‘yinlarda shu holat kuzatilyapti.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 05:58, 22.07.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик