40 yoshli meksikalik darvozabon Gilyermo Ochoa ijtimoiy tarmoqlar orqali futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
«Mening orzum meni juda uzoqlarga olib bordi. Hozir ortga nazar tashlab, oilam, jamoadoshlarim, shuningdek, yo‘limda bo‘lgan har bir muxlisga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men Meksika uchun bor kuchimni bag‘ishladim. Hech kim biz bosib o‘tgan yo‘lni va boshdan kechirganlarimizni tortib ololmaydi. Hamma narsa uchun rahmat», — deyiladi futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Gilyermo Meksika milliy jamoasi safida 154 ta o‘tkazgan. Klub miqyosida esa darvozabon «Malaga», «Ayachcho», «Granada», «Standard» va boshqa jamoalar shartnomasini himoya qilgan.













