Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

Ferran Torres Xans-Diter Flikdan norozi

Ferran Torres Xans-Diter Flikdan norozi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres bosh murabbiy Xans-Diter Flik unga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lgan deb hisoblaydi.

Jurnalist Nil Solaning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida muntazam ravishda maydonga tushishga loyiq bo‘lganiga ishonchi komil. 26 yoshli forvard Flikdan xafsalasi pir bo‘lgan, chunki u Robert Levandovskidan yaxshiroq o‘ynayotganiga va jamoaning asosiy hujumchisi bo‘lishi kerakligiga ishongan.

Levandovski allaqachon «Barselona»ni tark etgan, Ferran Torresning kelajagi esa hamon so‘roq ostida — uning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakuniga yetadi. Mish-mishlarga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati allaqachon jahon chempioni bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni rejalashtirib qo‘ygan.

Kiritildi: 09:39, 22.07.2026.
O'qildi: 1675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик