RMC Sport xabariga ko‘ra, «Aston Villa»ning fransiyalik himoyachisi Lyuka Din «PSJ» bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
33 yoshli Din parijliklar klubini 2016 yilda tark etib, «Barselona»ga o‘tgan, keyin esa Angliyada faoliyatini davom ettirgan edi. Futbolchining «Aston Villa» bilan yana ikki yillik shartnomasi bor edi, ammo Fransiya klubi rahbariyati transfer bo‘yicha kelishuvga erisha oldi.
«Pari Sen-Jermen» futbolchining birmingemliklar klubi bilan shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini — 10 million yevrodan kam mablag‘ni to‘laydi. O‘tgan mavsumda Din APLda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali himoyachini 6 million yevroga baholamoqda.













