Ispaniya qirollik futbol federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuentening kelajagi borasida bir to‘xtamga keldi. Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda.
OAVga ma’lum bo‘lishicha, JCH-2026 dan so‘ng mutaxassis bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028 yilning yozida tugaydi. Federasiya shartnomani 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar uzaytirishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 65 yoshli ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida «qizil furiya» Yevro-2024 va 2026 yilgi jahon chempionatida zafar kuchdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan mundial finalida Ispaniya Argentinani mag‘lub etdi (qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0).













