Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

“Infantinoning futboldagi davri tugadi” — La Liga prezidenti

“Infantinoning futboldagi davri tugadi” — La Liga prezidenti

Baho:
+1 | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas FIFA prezidenti Janni Infantinoning faoliyatini tanqid qildi.

“Menimcha, uning davri tugadi. Biroq, FIFA prezidentini tizim, federasiyalar qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun qo‘shimcha qiladigan narsa yo‘q, to‘g‘rimi? Muxolifatdan nomzod yo‘q; hech kim faqat yutqazish uchun nomzod bo‘lishni xohlamaydi.

Bu tizim tubdan chirigan. U lavozimda qolmasligi kerak, lekin hozirgi holatga ko‘ra, Infantino ketmaydi.

So‘nggi bir necha kun ichida Amerikada ko‘p odamlar Infantinoga qarshi chiqishayotganini va uning qilayotgan ishlariga qo‘shilmasliklarini eshitdim. Ular bu haqda gapirishadi, lekin hech narsa qilishmaydi. Bilmadim, nima yomonroq: sukut saqlashmi yoki sheriklikmi, chunki sukut saqlaganlar futbolga yetkazayotgan zararlarini yaxshi bilishadi”, deb yozadi La Gazzetta dello Sport Tebasning so‘zlaridan iqtibos keltirib.

Janni Infantinoga nisbatan e’tirozlar ancha avval boshlan bo‘lsa ham, "Balogun ishi"dan keyin juda kuchayib ketdi.

"Balogun ishi"

AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi 1/16 final uchrashuvida qo‘pol harakati uchun qizil kartochka olgandi.

5 iyul kuni FIFA Intizom qo‘mitasi Balogunning diskvalifikasiyasini vaqtincha to‘xtatdi. Keyinchalik FIFA bu qarorni Oq uydan Janni Infantinoga qo‘ng‘iroq bo‘lganidan so‘ng qabul qilganini ma’lum qildi. Tramp esa bu masalada haqiqatan ham Infantinoga qo‘ng‘iroq qilib, futbolchining diskvalifikasiyasini qayta ko‘rib chiqishni so‘raganini tasdiqladi.

Balogun Belgiya terma jamoasiga qarshi 1/8 final bahsida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shunga qaramay, uchrashuvda AQSH 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqadan chiqib ketdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:27, 22.07.2026.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик