Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Lunin «Real» bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi – sababi ma’lum qilindi

Lunin «Real» bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi – sababi ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi safida to‘p tepayotgan ukrainalik darvozabon Andrey Lunin mushaklaridagi zo‘riqish tufayli jamoaning mashg‘ulot jarayonini o‘tkazib yubordi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali Arancha Rodriges xabar bermoqda.

Kelgusi juma kuni «qirollik klubi» «Alkorkon»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Lunin ushbu o‘yingacha tiklanib safga qaytishi va maydonda harakat qilishi kutilmoqda.

O‘tgan o‘yin mavsumida ukrainalik darvozabon «qaymoqranglilar» safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Lunin o‘z darvozasidan 21 ta to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, bitta o‘yinda o‘z hisobiga «quruq» o‘yinni yozdirib qo‘ygan.

La Liganing yakunlangan mavsumi natijalariga ko‘ra, «Real» ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 12:01, 22.07.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик