Londonning «Chelsi» klubi «Rayo Valyekano» himoyachisi Pep Chavarriyani o‘z safiga qo‘shib olish borasidagi urinishlarini davom ettirmoqda.
Unio Rayo xabariga ko‘ra, ingliz klubi futbolchining transferi yuzasidan allaqachon ikki marta rasmiy taklif yuborgan bo‘lib, ularning so‘nggisi 25 million yevroni tashkil qilgan. Biroq madridliklar o‘z yetakchisini osongina qo‘yib yuborish niyatida emas. «Rayo Valyekano» rahbariyati londonliklarning so‘rovlarini rad etib, himoyachini faqatgina uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli — 50 million yevro to‘liq to‘langan taqdirdagina sotishini qat’iy ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Pep Chavarriya 2022 yilda «Saragosa»dan 1,8 million yevro evaziga «Rayo Valyekano»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ispaniyalik himoyachi o‘tgan 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozrib qo‘ygan.













