Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyof Jahon chempionati–2026 yarim finalida Argentinaga qarshi o‘yinda (1:2) Angliya terma jamoasi ko‘rsatgan o‘yinni tanqid qildi.
«Angliya bir soat davomida o‘yinni nazorat qildi. Gol urilganidan keyin ham ular hujum qilishda davom etib, jangovor ruhi orqali g‘alabani saqlab qoladi, deb o‘ylagandim. Ammo jamoa kutilmaganda passivlashib ketdi. Futbolni ozgina tushunadigan har qanday odam ularning qo‘rqib qolganini ko‘rishi mumkin edi.
Argentinadek jamoaga qarshi, ayniqsa Messidek iqtidorli futbolchi bo‘lsa, baribir jazolanasiz. Bu o‘yinda Argentina g‘alaba qozonmadi, aksincha, Angliyaning o‘zi g‘alabani boy berdi», — dedi Lebyof.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Finalda esa Ispaniya Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida yengib, jahon chempioniga aylandi.













