Taniqli angliyalik arbitr Entoni Teylor 47 yoshida hakamlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
«Elita darajasida hakamlik qilish men uchun katta sharaf bo‘ldi, ammo bosim juda katta va doimiy e’tibor nihoyatda kuchli edi. Shu sababli, hozir faoliyatimni yakunlash va hayotimdagi yangi sahifani intiqlik bilan kutish uchun eng maqbul vaqtdir», — deya Teylorning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
Entoni Teylor hakamlik faoliyatini 2002 yilda boshlagan va jami 831 ta o‘yinni boshqargan. Angliyalik referi 2022 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida, shuningdek, 2024 yilgi Yevropa chempionatida ishlagan. Uning faoliyatidagi oxirgi o‘yin JCH-2026ning 1/8 finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘ldi. Bundan tashqari, Teylor 2020 yilda «Bavariya» va «Sevilya» o‘rtasidagi UEFA Superkubogi uchrashuvini hamda 2023 yilda «Sevilya» va «Roma» o‘rtasidagi Yevropa Ligasi finalini boshqargan.













