Hujumkor yarim himoyachi Alexandro Garnacho «Chelsi»dan Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tadi. Jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Garnacho «Aston Villa» a’zosiga aylanishi kutilmoqda.
«Aston Villa» Garnachoni «Chelsi»dan ijaraga olishi ko‘zda tutilgan. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga futbolchini keyinchalik majburiy sotib olish bandi kiritiladi.
Alexandro Garnacho «Chelsi» tarkibida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari 22 yoshli argentinalik futbolchini 28 million yevroga baholamoqda.
«Chelsi» 2026/2027 yilgi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmaydi, «Aston Villa» esa Chempionlar Ligasida Angliya sharafini himoya qiladi.













