Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi farq juda katta»: Ronaldo JCH finali borasida keskin fikr bildirdi

«Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi farq juda katta»: Ronaldo JCH finali borasida keskin fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Braziliyalik mashhur sobiq hujumchi Ronaldo yaqinda yakunlangan JCH-2026 finalida Ispaniya terma jamoasining Argentina ustidan qozongan g‘alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi.

Sobiq hujumchining so‘zlariga ko‘ra, «qizil furiya» uchrashuv borishini to‘liq nazorat qildi va raqibidan ustunlik qildi, shu sababli final o‘yini natijasi adolatlidir.

«Bu haqiqiy tor-mor etish bo‘ldi. Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi mahorat farqi juda katta. Hatto Messi bilan ham ular Ispaniyaga tenglasha olishmadi. Talantli o‘yinchi bitta o‘yinni yutib berishi mumkin, ammo Jahon chempionatida zafar quchish uchun Ispaniyadagidek jamoaviy kuch kerak», — deydi ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda AS.

Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligida ispaniyaliklar 8 ta o‘yinda o‘z darvozalaridan bor-yo‘g‘i bitta to‘p olib chiqishdi. Jahon chempionlarini faqat belgiyaliklar xafa qilishga erishishgan edi.

Kiritildi: 16:31, 22.07.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик