Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Roberto De Dzerbi klubning transfer bozoridagi ishi haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Roberto De Dzerbi klubning transfer bozoridagi ishi haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem Xotspur» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi klubning transfer bozorida olib borayotgan ishlari haqida fikr bildirdi. Mavsumlararo tanaffusda jamoa safiga darvozabon Martin Dubravka, himoyachilar Endryu Robertson, Markos Senesi, Yan Paul van Xekke hamda yarim himoyachilar Mateush Fernandesh va Sandro Tonali kelib qo‘shildi.

«O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, chunki biz ajoyib ish olib boryapmiz. Bir nechta juda muhim yangi futbolchilar bilan juda kuchli jamoa shakllantiryapmiz deb o‘ylayman, klub tarixining yangi bosqichida yangi loyihani boshlamoqdamiz.

Aprel oyida klubga kelgunimga qadar uni o‘rganishga ko‘p vaqt sarfladim, klub egasining g‘oyalarini juda yaxshi bilardim va reja «Everton»ga qarshi o‘yingachayoq aniq edi. Hozirda biz loyihaning ichidamiz, juda kuchli jamoa tuzish g‘oyasi bizga ilhom bag‘ishlamoqda. Endi transfer kampaniyamizni (ham tarkibni to‘ldirish, ham ba’zi o‘yinchilar bilan xayrlashish bo‘yicha) yakuniga yetkazib olishimiz kerak, lekin hozircha hammasidan juda xursandman, faxrlanaman va juda ijobiy kayfiyatdaman.

Asosiysi — ruh, muayyan fazilatlarga ega, ammo shu bilan birga ruhiyat, ehtiros va bizdagi barcha qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan yangi jamoa yaratishdir. Hozirgi futbol faqat maydondagi o‘yin yoki to‘pning o‘zidan iborat emas, bu shaxsiy hayot va kuniga qancha soat vaqtingni o‘z ishingga bag‘ishlashingdadir. Futbolchilar «Tottenxem»da qolayotganliklaridan baxtiyor va faxrlangan bo‘lishlari kerak», — deydi De Zerbi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 17:54, 22.07.2026.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик