«Tottenxem Xotspur» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi klub safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar haqida fikr bildirdi. Mavsumlararo tanaffusda jamoa tarkibini darvozabon Martin Dubravka, himoyachilar Endryu Robertson, Markos Senesi, Yan Paul van Xekke hamda yarim himoyachilar Mateush Fernandesh va Sandro Tonali to‘ldirdi.
«Albatta, Tonali, Mateush Fernandesh, Senesi, Robertson va Jey Pi van Xekke — ularning barchasida futbolchi sifatida juda muhim mahorat va fazilatlar borligi shubhasiz. Lekin eng muhimi — ularning insoniy fazilatlari va shaxsiyat darajasidir.
O‘tgan mavsumda biz xarakter va to‘g‘ri ruhiyat ko‘rsatgan holda o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishdik deb o‘ylayman. Endi esa o‘yin uslubimizni, o‘yin sifatini va maydondagi tashkilotchilikni yanada yaxshilashimiz kerak», — deydi De Dzerbi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.













