Jurnalist Xorxe S Pikonning xabar berishicha, «Real Madrid» ispaniyalik himoyachining shu yozdayoq jamoadan ketishini yengillashtirish uchun Raul Asensioning agenti Xorxe Mendesh bilan birgalikda ish olib bormoqda.
Tarkibda ortiqcha deb hisoblanayotgan Asensioni «qaymoqranglilar» maosh fondini va yangi xaridlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish o‘rinlarini bo‘shatish maqsadida sotib yuborishga harakat qilishmoqda.
23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati taklif qilingan bir qator klublar orasida «RB Leypsig» ham bor, biroq o‘yinchining o‘zi «Santyago Bernabeu»da qolish fikrida qat’iy turmoqda.
Asensio jamoadagi o‘rni uchun kurashishga va Joze Mourinyoning ishonchini qozonishga ahd qilgan.













