Frank Lebefning fikricha, Angliya JCH-2026 yarim finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatda o‘zi aybdor.
"Angliya bir soat davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Men gol urilganidan keyin u hujum qilishni davom ettirishi va xuddi shunday ruhda raqibni yo‘q qilishga harakat qilishiga ishonchim komil edi. Ammo buning o‘rniga u keskin ravishda orqaga o‘tirib oldi. Futbolni biroz tushunadigan har bir inson uning qo‘rqib ketganini ko‘rishi mumkin edi.
Messi kabi shunday iqtidorli futbolchi to‘p suradigan argentinaliklarga qarshi o‘yinda seni albatta qachondir jazolashadi. Bu Argentina yutgani emas, Angliya yutqazgani", – dedi Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Freebets nashriga bergan intervyusida.













