Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Tramp AQSH tarixdagi eng muvaffaqiyatli futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazganini ma’lum qildi

Tramp AQSH tarixdagi eng muvaffaqiyatli futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionatini qabul qilganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, dunyo birinchiligi o‘yinlariga AQSH bilan bir qatorda Meksika va Kanada ham mezbonlik qildi.

«Finaldan oldin hamma narsa qanchalik ajoyib o‘tayotgani haqida gapirishni istamagandim, chunki keyin nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan. Ammo biz tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionatini o‘tkazdik, uning daromadi boshqa istalgan jahon chempionatinikidan besh baravar yuqori bo‘ldi. Buni yana takrorlashni intiqlik bilan kutaman, lekin o‘ylaymanki, keyingi musobaqani o‘tkazish bizga nasib etmasa kerak», — dedi Tramp Fox News efirida.

2026 yilgi jahon chempionati bahslari AQSHning 11 ta shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar quyidagi amerika shaharlarida o‘tkazildi: Nyu-York, Filadelfiya, Boston, Atlanta, Mayami, Xyuston, Dallas, Los-Andjeles, San-Fransisko, Kanzas-Siti, Sietl.

Kiritildi: 20:19, 22.07.2026.
O'qildi: 384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик