Fransiyaning «Lill» klubi safida to‘p surayotgan marokashlik yarim himoyachi Ayyub Buaddi Angliya Premyer-ligasining top-klubiga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti» futbolchiga bo‘lgan qiziqishini susaytirmayapti. «Shaharliklar» rahbariyati Buaddini sotib olish uchun 90 million yevro ajratishga tayyor.
Avvalroq matbuotda APL vise-chempioni 18 yoshli yarim himoyachi bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.
Ayyub 2023 yilning yozidan beri «Lill» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.













