«Aston Villa»ning sobiq futbolchisi Gabriel Agbonlaxor «Chelsi»ning argentinalik vingeri Alexandro Garnachoning Birmingem klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Bu haqiqiy dahshat. Agar uning «MYU»dagi o‘yinlariga nazar tashlasangiz, unda Krishtianu Ronaldu yoki Leo Messining egosi bor. Biroq unda bunday talant yetishmaydi. Hozirda Garnacho haqida biladiganimiz faqat shuki, u almashtirilganda qo‘llarini silkitishni yaxshi ko‘radi, shuningdek, uning «Manchester Yunayted»dan qanday ketganini bilamiz», — dedi Agbonlaxor Tribal Football manbasiga.
Avvalroq «Aston Villa» 22 yoshli argentinalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.













