Londonning «Chelsi» klubi darvozaboni Gabriel Slonina yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Lequipe jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchida Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tish varianti mavjud. Amerikalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olishga «Strasburg» qiziqish bildirmoqda. Jamoa ustozi Ugu Oliveyra Slonina bilan shartnoma imzolashdan shaxsan manfaatdor.
Gabriel «aristokratlar» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma aloqalariga ega. Futbolchining bozor qiymati 3 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda darvozabon «Chelsi» yoshlar jamoasi safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 4 ta to‘p o‘tkazib yubordi.













