«Barselona» prezidenti Joan Laporta hujumchi Ferran Torresning klubni tark etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
26 yoshli futbolchiga so‘nggi vaqtlarda «PSJ» tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy jahon chempionining amaldagi shartnomasi tugashiga bir yildan kam vaqt qoldi. Laporta forvardning kelajagi borasidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi, ammo Torresga o‘rinbosar bo‘lishi kutilayotgan Karim Adeyemi transferi tez orada yakunlanishini tasdiqladi.
— Muxlislar Ferranning ketishi mumkinligidan xavotirga tushishlari kerakmi?
— «Biz shunchaki Adeyemining agenti Jorje Mendesh bilan kechki ovqatni birga tanovul qildik», — deya «ko‘k-anorranglilar» rahbarining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Laportaning so‘zlariga ko‘ra, Adeyemi payshanba kuniyoq klubning yangi a’zosi sifatida ommaga tanishtiriladi.













