Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Simeone «Atletiko»da «Arsenal» hujumchisini ko‘rishni xohlamoqda

Simeone «Atletiko»da «Arsenal» hujumchisini ko‘rishni xohlamoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Gabriel Martinelli shu yozda «Arsenal»ni tark etishi mumkin.

Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Madridning «Atletiko» klubi braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. «Matraschilar» bosh murabbiyi Diyego Simeone forvard talantining katta ishqibozi hisoblanadi. London klubi o‘z futbolchisini sotishga tayyor, ammo faqat maqbul va munosib summa evaziga.

Gabriel Martinelli 2019 yilda «Ituano»dan «Arsenal»ga 7 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi «kanonirlar» safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Martinellining qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:13, 23.07.2026.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик